Mo‘ynoq tumanida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedovaning sayyor qabuli o‘tkazildi.
2026-01-30 10:55:00 / Yangiliklar
Mazkur qabul davomida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi.

Qabul jarayonida ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash hamda huquqiy maslahatlar bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, amaldagi qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.
Qabul yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi. Bunday qabullar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishga xizmat qilmoqda.





