Uchrashuv bo'lib o'tdi
2026-01-26 12:15:00 / Yangiliklar
IT Park Qoraqalpog‘iston vakillari Italiyaning bir qator xorijiy davlatlarida filiallariga ega bo‘lgan, ItsProdigy IT kompaniyasi rahbari Sano Musab Hijazi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish, innovatsion yechimlarni joriy etish va texnologik loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish, malakali mutaxassislar tayyorlash va startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

