Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov Koreyaning “Haeorum ESS Energy co.,ltd” kompaniyasi bosh direktori Kim Ki Jo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
2026-01-26 12:00:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida hududda zamonaviy, ekologik toza va energiya tejamkor “yashil” data-markaz barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar. Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, hamkorlik mexanizmlari hamda kelgusidagi amaliy qadamlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mazkur tashabbusni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.


