Amudaryo tumanida yoʻl infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-01-19 16:30:00 / Yangiliklar
Yurtimiz rivojida infratuzilmaning, xususan yo‘l tarmog‘ining mustahkamlanishi muhim o‘rin tutadi. Bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hududlardagi hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratgan e’tibori natijasida Respublikamizda ham bir qancha yoʻl qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Amudaryo tumanida mahalliy ahamiyatga ega 95V134 “To‘lqin OFY – Oq oltin OFY – Bobur OFY” yo‘lining 18.5—20- km oraliqlarida 1.5 kilometr uzunlikda asfalt yotqizilmoqda.
Asfalt yotqizish ishlariga 5 ta maxsus texnika va 10 nafar malakali ishchilar safarbar etilgan.
Ushbu keng ko‘lamli ishlardan ko‘zlangan maqsad — transport infratuzilmasini yangilash, aholining kundalik hayotini qulaylashtirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy faollikni oshirishdir.


