Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Nukus shahrida yoshlar bilan uchrashdi
2026-01-09 17:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan turli mavzular bo‘yicha erkin fikr almashib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan esa davlatimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv ochiq, konstruktiv va samimiy ruhda kechdi.
Uchrashuv yakunida 2025-yil davomida o‘z faolligi, tashabbuskorligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan, eng namunali yoshlar yetakchilari “Top–100” ro‘yxatiga kiritilgan yoshlar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu e’tirof yoshlarni yanada faol bo‘lishga undash, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyatini e’tirof etish bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.









