Yangi yil - yangi uy, yangi umidlar!
2026-01-02 09:45:00 / Yangiliklar
Muhtaram Prezidentimizning yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari asosida ezgu ishlar amalga oshirildi.

Xo‘jayli tumani hokimi J.Ermashev, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Z.Xojamuratova va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uch yoshimizga tuman markazida joylashgan barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yangi uylarning kalitlari tantanali tarzda topshirildi. Mamlakatimizda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar OAV vakillari e’tiboriga havola etilib, yoshlarimizning yana bir quvonchli kunining guvohi bo‘ldi.





