Nukus shahriga ilk elektrobuslar yetib keldi
2025-12-30 10:15:00 / Yangiliklar
Nukus shahrida jamoat transporti xizmatini rivojlantirish maqsadida "Sapsan Trans Nukus" korxonasi tomonidan Xitoy davlatidan 24 mlrd. so‘mlik mablag‘ hisobidan 12 dona elektrobus olib kelish belgilangan bo‘lib, dastlabki 4 dona elektrobus Nukus shahriga yetib keldi. Qolgan 8 ta transport tez orada yetib keladi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan Nukus shahriga jami 200 avtobus olib kelinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda korxonalar tomonidan maxsus avtotransportlarni olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, "Sapsan Trans Nukus" korxonasi tomonidan Nukus shahrida 200 avtobus sig‘imiga ega avtobus parki qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
