“Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida” nomli grant loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-12-26 15:30:00 / Yangiliklar
Nukus Davlat texnika universitetida O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida” nomli grant loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan talabalarga “Korrupsiya nima va uning oqibatlari” mavzusida huquqiy ma'lumotlar berildi, shuningdek bunday holatlarda to‘g'ri harakat qilish, raqamli texnologiyalarni korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan moliyalashtirildi.
Tadbirda Nukus davlat texnika universiteti talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi.




