Chimboyda bugun yoshlar hayotida unutilmas kun
2025-12-25 17:05:00 / Yangiliklar
Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining buyruqlari asosida Chimboy tumani hokimligi tomonidan tumanimizdagi Shaxtemir, Berdaq, Ipak yo‘li mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylardan, xususan Abdikadirov Aydosga, Dauletbayev Davronga, Utebayev Qudratga, Jumaniyazov Davronga, Tajimuratov Timurga va Nurjanova Guljaxanga uylarning kalitlari topshirildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Utemisov, G.Mambetniyazova, «Inson» ijtimoiy xizmatlar Markazi direktori B.Babaxanov, va hudud aholisi ishtirok etdi.

Bino oldiga tortilgan tasmalar tantanali ravishda kesilib yig‘ilgan yoshi ulug‘lar o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdi. Undan so‘ng barcha binoning ichki qulayliklari bilan tanishdi. Bunday e’tibordan bugungi quvonch egalari Hurmatli Prezidentimizga o‘zining cheksiz minnatdorchiligini bildirdi. Darhaqiqat, yurtimizda bunday ezgu ishlar inson qadri uchun amalga oshirilayotganini aniq misolda ko‘rishimiz mumkin.



