PRESS-TUR TASHKIL ETILDI.
2025-12-24 10:00:00 / Media tadbirlar
15 dekabr kuni "AET" AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filialida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishning afzalliklarini tushuntirishga va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan "ochiq suhbat" va press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan OAV vakillari Nukus shahrining bir qator tashkilotlari va xonadonlarida bo‘lib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.



