"Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi
2025-12-24 09:50:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida "Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" tanlovining O‘zbekiston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra "Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etishda yuqori natija ko‘rsatgan eng namunali mahalla yetakchisi" yo‘nalishida Chimboy tumani "Kenеs" mahallasi yoshlar yetakchisi Biyimbetov Damir Uzoqboyevich faxrli 1-o‘rinni egallab 25 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.


