Qorao‘zakda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
2025-12-20 13:30:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. Axmedova tomonidan Qorao‘zak tumani fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, yo‘l qurilishi, bandlik, turar joylarni ta’mirlash, kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonun doirasida hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va muassasalarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.





