Sayyor qabul
2025-12-09 10:00:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev tomonidan Bo‘zatov tumani Yoshlar markazi binosida tuman aholisining muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan qabulda tuman hokimi B.Ubbiniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha vazirliklar vakillari, tuman hududidagi muassasa tashkilot rahbarlari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, bank kredit, bandlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suv tarmog‘ini tortib berish va boshqa o‘zlarini qiynab kelayotgan hayotiy muammolar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari tegishli tartibda o‘rganib chiqildi va bir qator fuqarolarning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi. Hal etilishi vaqt talab etadigan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, nazoratga olindi.





