KEGEYLI TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI DOIRASIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2025-11-25 11:50:00 / Yangiliklar
Seminarda Kegeyli tumani prokurori, Kegeyli tumani huquqni muhofaza qilish xodimlari, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar, Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va hamshiralari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyot yo‘lida tayanch bo‘ladigan yoshlarimiz ongiga va ularning o‘qib bilim olishiga korrupsiya kabi illatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, qonun oldidagi ayanchli oqibatlari, soha xodimlari orasida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.



