Vazirlar Kengashining Jamoatchilik kengashi raisi hamda “Yuksalish” umummilliy harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi vakillari hamkorligida murojaatlar bilan ishlash bo‘limi faoliyati bilan tanishish ishlari amalga oshirildi.
2025-11-12 12:10:00 / Yangiliklar
Bo‘lim faoliyati bilan tanishish davomida murojaatlar bilan ishlash tizimi, fuqarolarning ariza va takliflarini qabul qilish, ularni tahlil qilish hamda ijrosini nazoratga olish jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat madaniyatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli yondashuvni yanada takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.



