E’LON
15:25 28.01.2026

Muddat: 16.02.2026
Qatnashishga qiziqish bildiruvchilar uchun taklif
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasining Nukus filiali.
Tadbirlarning qisqacha tavsifi va ularning maqsadlari:
Loyiha: "Nukus shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosini energiya samaradorligini oshirish orqali modernizatsiya qilish" - Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, shuningdek buyurtmachiligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasining Nukus filiali tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish Germaniya standartlari va uy-joyni maksimal energiya tejamkorligiga olib kelish doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Ko‘p qavatli turar-joy binosini termik modernizatsiya qilish quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
- binoning issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali energiya sarfi samaradorligi va yashash qulayligini oshirish.
- uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun issiqlik energiyasi iste’molini kamaytirish;
- aholining kommunal xarajatlarini kamaytirish;
- xonadonlarda issiqlik qulayligini yaxshilash (barqaror harorat, yelvizak va muzlashlarning yo‘qligi);
- bino va uning muhandislik tizimlaridan foydalanish muddatini uzaytirish;
- bug‘xona gazlari chiqindilarini va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish;
- turar joyning bozor qiymati va sarmoyaviy jozibadorligini oshirish;
- binoni zamonaviy energiya samaradorligi me’yorlari va qurilish standartlariga muvofiqlashtirish.
Ish hajmi: Jami maydon
Termodernizatsiya ishlari Nukus shahridagi turar-joy binosida amalga oshiriladi. Bu bino 1991-yilda qurilgan, 5 qavatli, 60 xonadonli, 230 kishi istiqomat qiladigan turar-joy ,maydoni - 2246 m2, umumiy maydoni - 3651 m2, isitish hajmi - 15,936 m3, atrofdagi maydon - 5092 m2.
Ushbu taklif doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan qurilish ishlari davri
2026-yil mart - 2026-yil oktyabr
Ta’mirlash / qurilish ishlarining asosiy yo‘nalishlari:
1. Umumiy qurilish va tashkiliy ishlar
• Qurilish maydonini QTEL ga (POS) muvofiq tashkil etish
• Loyiha rejasiga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish
• Zilzilabardoshlik talablariga rioya qilish (7-8 ball)
Ish olib borilayotgan hududdagi konstruksiyalarning shikastlangan qismlarini tiklash
2. Demontaj ishlari
• Fasadning mavjud tashqi ishlov berish qatlamlarini demontaj qilish (qisman)
• Tomning eskirgan elementlarini demontaj qilish
• Almashtiriladigan joylardagi eski deraza/eshiklarni demontaj qilish
• Mavjud muhandislik tarmoqlarini demontaj qilish (isitish, suv isitish inshootlari, quvurlar - loyiha bo‘yicha)
• Qurilish chiqindilarini olib chiqish va utilizatsiya qilish
3. Bosh reja bo‘yicha ishlar
• Bino perimetri bo‘ylab beton to‘shama qurish
• Ishlarni bajarayotgan hududda qoplamalarni tiklash va obodonlashtirish
4. Arxitektura-qurilish ishlari
• Bazalt tolasi asosidagi mineral paxta plitalari bilan devorlarni tashqi izolyatsiya qilish
• Polimer setka bo‘ylab yopishtiruvchi va mustahkamlovchi qatlamni o‘rnatish
• Tashqi dekorativ shtukaturka (travertin ostiga)
• To‘suvchi konstruksiyalarning birikkan joylari va tutashmalarini germetizatsiyalash
• Yerto‘la devorlarini izolyatsiya qilish
• Lodjiyalarning g‘ishtli to‘siqlarini demontaj qilish
• Gazobloklardan yangi lodjiya to‘siqlarini o‘rnatish
• Podezdlarga kirish eshiklarini almashtirish (metall, izolyatsiya qilingan)
• Deraza bloklarini ikki kamerali shisha paketli PVX bilan almashtirish
Nogironligi bo‘lgan odamlar uchun panduslar qurish
5. Konstruksiyalarni mustahkamlash ishlari
• Texnik yer osti maydoni devorlarini ikki tomondan armosetka bilan mustahkamlash
• Armosetkani ankerli mahkamlash
• Sement-qumli qorishma bilan mustahkamlangan yuzalarni shtukaturkalash
• Texnik yerosti polini yopish plitalarini mustahkamlash (pastdan va yuqoridan armatura to‘rini o‘rnatish, yuqori qatlamni beton bilan qoplash)
6. Tom yopish ishlari
• Qo‘sh nishabli profil listli tom yopish ishlari
• Tomni mineral paxta plitalari bilan izolyatsiya qilish
• Bug‘ izolyatsiyasi ishlari
• Gidroizolyatsiya qatlami ishlari
• Tutashmalarni germetizatsiyalash
• Tashkillashtirilgan tashqi suv oqizish ishlari
7. Tom qoplamalarni isitish
• Yerto‘la qoplamasini qalin plitalar bilan izolyatsiyalash
• Chordoq qoplamasini mineral paxta plitalari bilan izolyatsiya qilish
8. Sovuq suv ta’minoti tizimi
• Bir martalik sovuq suv kiritish qurilmasi
• Yerto‘lada nasos stansiyasini o‘rnatish
• Quvurlarni montaj qilish (polipropilen va po‘lat)
• Hisoblagichli suv o‘lchash uzeli qurilmasi
• Quvurlarni korroziyaga qarshi himoyalash
• Quvurlarni issiqlik izolyatsiyasi (zarur bo‘lganda)
9. Issiq suv ta’minoti tizimi
• Alohida qozon uskunalaridan issiq suv ta’minoti tizimini o‘rnatish
• Issiq suv sig‘imlarini o‘rnatish
• Issiq suv quvurlarini montaj qilish
• Yopish armaturasini o‘rnatish
• Quvurlarni izolyatsiyalash
10. Isitish tizimi
• Shaxsiy isitish punkti orqali binoni shahar issiqlik tarmog‘iga ulash
• Elevatorli boshqaruv tuguni qurilmasi
• Ikki quvurli isitish tizimini o‘rnatish
• Bimetall radiatorlarni o‘rnatish
• Polipropilen quvurlarni montaj qilish
• Berkitish va muvozanatlash armaturasini o‘rnatish
• Isitish tizimini presslash va yuvish
11. Ventilyatsiya tizimi
• Turar joy xonalarini tabiiy shamollatish qurilmasi
• Mexanik qo‘zg‘atishli hojatxonalarning tortuvchi ventilyatsiyasini o‘rnatish
• Havo quvurlari va shamol uskunalarini o‘rnatish
• Ventilyatsiyani elektr tarmog‘iga ulash
• Yong‘in paytida ventilyatsiyani avtomatik o‘chirish
12. Elektrotexnika ishlari
• Mavjud kiritish-taqsimlash qurilmasini demontaj qilish
• Yangi kiritish-taqsimlash qurilmasini o‘rnatish
• Yoritish shitlari va quvvat shitlarini o‘rnatish
• VVG-NG kabel liniyalarini yotqizish
• Umumiy foydalanish maydoni va yerto‘lada LED yoritgichlarni o‘rnatish
• Nasos uskunasini ulash
• Konditsionerlar uchun ventilyatsiya va rozetkalarni ulash
13. Ishga tushirish va yakunlash ishlari
• Muhandislik tizimlarini sinovdan o‘tkazish
• Isitish va ventilyatsiyani tartibga solish
• Yopiq ishlar dalolatnomalarini tayyorlash
• Obyektni foydalanishga topshirishLoyihaning geografik joylashuvi
Pudratchi qurilish maydonchalari O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida joylashganligini, hamda bino kommunal mulkda ekanligini hisobga olishi kerak.
Standartlar
Qurilish ishlari pudratchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amaldagi qurilish me’yorlari va talablarini (SHNQ, QMQ) hisobga olgan holda bajarilishi shart.
Tenderlar va pudratchi
Tenderlar va shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining qurilish xizmatlarini hisoblash va tavsiflash standartiga (Ishlar spetsifikatsiyasi - Oferta) asoslanadi. Shartnoma valyutasi o‘zbek so‘mi hisoblanadi.
Bajarilgan ishlarga haq to‘lash har oyda amalda bajarilgan hajmlar asosida amalga oshiriladi.
Taklif bildirishda qatnashish uchun
Malakali korxonalar 1-ilova "Korxona to‘g‘risida ma’lumotnoma"ni to‘ldirib, so‘ralayotgan hujjatlarning nusxalari bilan birga taqdim etishlari kerak.
Dastlabki malaka mezonlari
- 1-ilovaga muvofiq to‘ldirilib 16.02.2026 y soat 15:00 gacha jo‘natilgan takliflar ko‘rib chiqiladi, undan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
- So‘nggi uch yilda yillik aylanmasi 9,0 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan, shtatda kamida 15 nafar xodimning mavjudligi va insofsiz pudratchilar ro‘yxatida kompaniyaning yo‘qligi inobatga olinadi.
Shu kabi amalga oshirilgan kamida uchta loyiha haqida ma’lumot (har birining qiymati kamida 2,0 mlrd.so‘m bo‘lishi zarur) kiriting. Iltimos, so‘ralmagan hujjatlarni yubormang
Hujjatlar PDF formatida 16.02.2026-yildan soat 15:00 gacha quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak: info@aralfondnf.uz qo‘shimcha savollari bo‘lgan manfaatdor korxonalar quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin: 94 590-05-00; 99 451-39-94,
Maktub mavzusi: "Nukus shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosini energiya samaradorligini oshirish orqali modernizatsiya qilish” bo‘yicha tenderda ishtirok etishga manfatdor korxonalarga taklifnoma"
Корхона тўғрисида маълумотнома
|
№ |
Mazmuni |
Korxona tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar |
Ilova № |
|||||
|
|
Yuridik shaxsning to‘liq va (mavjud bo‘lsa) qisqartirilgan nomi |
|
|
|||||
|
|
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, qo‘shib olishda tegishli ravishda ko‘rsatish so‘raladi) |
|
|
|||||
|
|
Yuridik manzil |
|
|
|||||
|
|
Haqiqiy manzil |
|
|
|||||
|
|
Telefon, elektron pochta, vebsayt |
|
|
|||||
|
|
Murojaat uchun kontakt shaxs, telefon (mobil), elektron pochta |
|
|
|||||
|
|
Bank rekvizitlari, (milliy valyutada hisob ochish hujjatining skanerlangan nusxasi) |
|
|
|||||
|
|
Soliq to‘lovchi maqomi |
|
|
|||||
|
|
Ustav kapitalining miqdori va uning shakllanish sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
|
|
|||||
|
|
Korxona rahbari, F.I.O. va saylangan sana (tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning skanerlangan nusxasi) |
|
|
|||||
|
|
IFUTga (OKED) muvofiq faoliyatning asosiy yo‘nalishlari |
|
|
|||||
|
|
Litsenziyalar, sertifikatlar, akkreditatsiyalarning mavjudligi (hujjatlarning skanerlangan nusxasi) |
|
|
|||||
|
|
Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjati – KTYADR (YEGRPO) (tegishli hujjatning skanerlangan nusxasini qo‘shish) |
|
|
|||||
|
|
Yillar bo‘yicha 2023 - 2025-yillar uchun aylanmalar to‘g‘risida ma’lumot (2023 - 2025-yillar uchun moliyaviy hisobotlarning skanerlangan nusxalarini buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomga/standartga standart ilova shaklida, 2025-yil uchun hisobot mavjud bo‘lmagan taqdirda - kompaniya rahbariyati tomonidan imzolangan aylanma to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qo‘shish) |
2023 –[summani ko‘rsatish) 2024–[ summani ko‘rsatish] 2025– [summani ko‘rsatish]
|
|
|||||
|
|
Ohirgi uch yilda (2023 - 2025) yollangan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
|||||||
|
|
2023 |
2024 |
2025 |
|||||
|
|
shtatga qabul qilingan xodimlar sonini ko‘rsatish (doymiy) |
|
|
|
||||
|
|
vaqtincha jalb qilingan xodimlar soni (mehnat shartnomasi bo‘yicha) |
|
|
|
||||
|
|
Bugungi kundagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ma’lumotnoma berilgan sanada) |
|||||||
|
|
_____ 2026 |
|||||||
|
|
shtatga qabul qilingan xodimlar sonini ko‘rsatish (doymiy) |
|
||||||
|
|
vaqtincha jalb qilingan ishlar soni (mehnat shartnomasi bo‘yicha) |
|
||||||
|
|
Kompaniyaning to‘lovga layoqatsiz tashkilotlar ro‘yxatida emasligini tasdiqlash |
To‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma |
||||||
|
|
2023 - 2025-yillar davomida amalga oshirilgan qurilish sohasidagi eng yirik loyihalar (har biri 500 000 AQSH dollaridan ortiq, Markaziy bank kursi ekvivalentida) to‘g‘risida ma’lumot (kamida uchta loyihani ko‘rsating) |
|||||||
|
|
Loyiha nomi, loyihani amalga oshirish yili (yillari)
|
Loyihani amalga oshirish mintaqasi |
Korxona tomonidan bajarilgan ishlarni amalga oshirishning umumiy qiymati/loyihaning umumiy qiymati |
Buyurtmachi |
Buyurtmachining joriy kontakt ma’lumotlari (telefon, elektron pochta) |
|||
|
1 |
|
|
|
|
|
|||
|
2 |
|
|
|
|
|
|||
|
3 |
|
|
|
|
|
|||
|
|
Tavsiya xatlari, oxirgi uch yildagi ma’lumotnomalar mavjud bo‘lsa (uchtadan ko‘p bo‘lmagan skanerlangan nusxalar qo‘shilsin) |
[Tavsiyanomalar, ma’lumotnomalar taqdim etuvchi tashkilotlar/kompaniyalar ro‘yxatini vakillarning tegishli dolzarb aloqa ma’lumotlari bilan birga ko‘rsatish] |
|
|||||
Vakolatli shaxsning imzosi _____________
Muhr
