AKT-kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarini ishga taklif etamiz
Ishga marhamat
Kadastr agentligining “Hududlarni barqaror rivojlantirish uchun fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi (HBRFMI) investitsion loyihasi vakant lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablari
Hujjatlarni taqdim etish muddati 2026-yil 30-aprel kuniga qadar
|
HBRFMI investitsion loyihasini amalga oshirish guruhi (LAOG) AKT-kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassisi |
|
|
Ish tartibi |
Dushanba-Juma, soat 09:00 dan 18:00 gacha |
|
Lavozim malaka darajasi |
Kamida 5 yillik AKT infratuzilmasi, ma'lumotlar markazlarini ishlab chiqish va kiberxavfsizlik sohasida ish tajribasi; AKT tizimlari va ma'lumotlar markazlarini loyihalash, xarid qilish, o'rnatish, sinovdan o'tkazish va ishga tushirish jarayonlarini nazorat qilish bo'yicha tasdiqlangan tajriba ega bo‘lish afzallik hisoblanadi; Hukumat yoki yirik korporativ tizimlar uchun kiberxavfsizlik tizimlari, siyosatlari va protseduralarini joriy etish bo‘yicha amaliy tajriba afzallik hisoblanadi; Geoportallar, GAT platformalari yoki shunga o‘xshash yirik AKT yechimlarini loyihalash, amalga oshirish va boshqarish bo‘yicha tajriba afzallik hisoblanadi; Xalqaro rivojlanish loyihalari yoki davlat sektori AKTni modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etganlik afzallik hisoblanadi; |
|
Ma’lumot |
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish |
|
Mutaxassisligi |
Kompyuter fanlari, axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, axborot tizimlari yoki telekommunikatsiyalar sohasida |
|
Mehnat staji |
Kamida 5 yillik Mehnat staji |
|
Umumlashtirilgan mutaxassisliklar |
Kompyuter fanlari, axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, axborot tizimlari yoki telekommunikatsiyalar |
|
Davlat xizmatida ishlagan minimal staji |
- |
|
Tor mutaxassisliklar |
- |
|
Oilaviy ahvoli |
- |
|
Nomzod uchun talab etiladigan yosh oralig‘i |
- |
|
Majburiyatlar |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi. Loyihani amalga oshirish jarayonida Uchta yangi ma’lumotlar qayta ishlash markazini tashkil etish uchun texnik spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish jarayoniga texnik tavsiyalar berish, shu jumladan zarur dasturiy ta’minot va uskunalarni xarid qilish bo‘yicha ko‘maklashish; Ma’lumotlar markazlari uchun AKT infratuzilmasini yetkazib berish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini nazorat qilish; Milliy darajadagi UZ-FMMI geoportali va mintaqaviy darajadagi geoportalni loyihalash hamda amalga oshirish bo‘yicha texnik spetsifikatsiyalarni ishlab chiqishga texnik hissa qo‘shish; Geoportallarni (milliy va mintaqaviy) ishlab chiqish va joriy etish jarayonlarini nazorat qilish; UzKAD tizimini takomillashtirish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish va nazoratni amalga oshirish; UZ-FMMI faoliyatida (ma’lumot yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar), shuningdek Kadastr agentligi va Samarqand shahri hokimligidagi AKT loyihalarida kiberxavfsizlik choralarini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash; Loyiha direktori topshirig‘iga binoan o‘z vakolatlari doirasida boshqa tegishli vazifalarni bajarish. |
|
Qo‘shimcha talablar |
Mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan Kadastr agentligi tizimidan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 2, 3 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno); Boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xati-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar; Fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’iy nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno) Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi. |
|
Kompyuter savodxonligi |
Kompyuter va axborot texnikalari bilan mukammal ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish. |
|
Xorijiy tilni bilish darajasi |
Davlat tilini hamda rus tilini mukammal darajada bilish (ingliz tilida og‘zaki va yozma darajada bilish — afzallik hisoblanadi). |
|
Manzil |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi O‘zbekiston, 100097, Toshkent sh, Chilonzor-S, Cho‘ponota ko‘chasi 6 V uy Tel.: 71-202-55-65 (1) Elektron pochta: info@kadatsr.uz; gistdp@kadastr.uz Veb-saxifa: www.kadastr.uz |
|
LAOG AKT-kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
O‘zbekiston Respublikasi va Jahon Banki (JB) o‘rtasidagi Moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim shartlari va qoidalari. JB bilan kelishilgan Loyiha baholash hujjati (LBH) va Xaridlar rejasi. JB bilan kelishilgan Loyiha operatsion qo‘llanmasi (POM). JB ko‘rsatmalari, qoidalari va hujjatlari, shuningdek Loyihani amalga oshirishni tartibga soluvchi boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek Loyihaning amalga oshirilishi, qurilish va pudrat ishlari, shartnomalar shartlarini tartibga soluvchi normalar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Agentlikning ichki qoidalari hamda tartib-taomillari, shuningdek quyida keltirilgan lavozim yo‘riqnomalari. |
Mutaxassis uchun batafsil texnik topshiriq alohida faylda ilova qilinadi.
Rezyume o‘zbek va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.
