SUSTKASHLIK VA BEPARVOLIKKA CHEK QO‘YILADI!
2025-10-23 17:25:00 / Yangiliklar

SUSTKASHLIK VA BEPARVOLIKKA CHEK QO‘YILADI!
Kadastr agentligi tizimida fuqarolar murojaatlariga javob berishda kechikish va sustkashlik holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish boshlandi.
Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari natijasiga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati Urgut tumani, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Andijon viloyati Andijon shahar filiali hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman filiali boshliqlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish — tizimning eng ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Kadastr agentligi bunday holatlarga mutlaqo murosasiz!
