DIQQAT E’LON!
2025-07-04 11:35:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Kadastr agentligining axborot tizimlarida texnik nosozlik aniqlanib, xususan Notarius axborot tizimi va majburiy ijro axborot tizimlari bilan integratsiya orasida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda mutaxassislarimiz tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.
Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
