Yangi bilimlar, kuchli tahlillar va professional o‘sish!
2025-05-29 19:00:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun tashkil etilgan 4 kunlik malaka oshirish seminari o‘z yakuniga yetdi.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy PR va kommunikatsiya vositalari, davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, inqirozli vaziyatlarda tezkor axborot yetkazish, brend imidji va vizual kommunikatsiyani shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Treningda media sohasidagi tajribali ekspertlar va malakali trenerlar, shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ullari — G. Nishonova, B. Alimov, I. Nasimova, N. Oripov, J. Aslonov, S. Ismoilov, Q. Nishonov, Sh. Abidovalar ishtirok etib, bevosita mashg‘ulotlar olib bordilar.
Seminar-treningning yakuniy kunida ishtirokchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi media-markazi faoliyati bilan tanishildi. Mutaxassislarga Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari, polkovnik Dovron Jumanazarov markaz faoliyati bilan tanishtirdi va savollarga batafsil javob berdi.








