Kadastr tizimi rivojlanmoqda: yangi rejalar va ustuvor vazifalar belgilandi
2025-04-29 21:50:00 / Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimotda yer hisobini yuritish va kadastr xizmatlari bo‘yicha keyingi rejalarni belgilab berdi.
Yil yakunigacha 400 mingta yakka tartibdagi uy UZKAD tizimiga kiritiladi.
Kelgusida esa 6,3 milliondan ortiq uy raqamli kadastr tizimida aks ettiriladi.
Bu orqali:
Mulkni sotish,
Ijaraga berish,
Meros qoldirish,
Garovga qo‘yish jarayonlari ancha osonlashadi.
Kadastr va bozor bahosi o‘rtasidagi tafovutlar mavjudligi huquqiy va iqtisodiy muammolar keltirib chiqarmoqda.
Shu sababli, 5-martdagi Prezident farmoniga binoan:
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etilmoqda.
Buning uchun Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etildi.
Markazga 40 mlrd so‘m ajratilib, malakali mutaxassislar ishga jalb qilindi.
Baholash ishlari:
2025-yilda — Toshkent shahrida,
Keyingi yillarda — Nukus, viloyat markazlari va boshqa hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Davlat rahbari:
“Kadastr ma’lumotlari — iqtisodiy rejalashtirish uchun tayanch manba. Yaxlitlik, aniqlik va byurokratiyasiz xizmat ko‘rsatish zarur!” - Sh. Mirziyoyev
Tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish va xizmat sifatini oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.
