Shaxsiy turar joy mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish tartibi
2025-04-17 14:15:00 / Yangiliklar

Sizning nomingizda shaxsiy turar joy mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma kerakmi? Endi bu xizmatni onlayn olish juda oson!
Xizmat tavsifi:
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
Xizmat qanday ishlaydi?
Ariza beruvchi YIDXP’da (my.gov.uz) ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.
Natijani olish usuli:
An’anaviy (qog‘ozda) yoki
Elektron shaklda (PDF + QR-kod bilan)
Xizmat ko‘rsatilish muddati:
Ariza yuborilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
Talab qilinadigan hujjatlar:
Hech qanday hujjat talab etilmaydi
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
Bog‘lanish:
Ishonch telefoni – 1097, +998 (71) 207-00-03
Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi VMning 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori
