KORRUPSIYA HAQIDA TELEGRAM ORQALI XABAR BERING
2026-11-09 09:03:00 / Yangiliklar

Halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligi — Kadastr agentligi faoliyatining asosiy tamoyillaridir.
Kadastr agentligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsion yoki ta’sirlik holatlari, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, qonunga zid talablar yoki boshqa huquqbuzarliklar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, bu haqda bizga Telegram bot orqali xabar berishingiz mumkin.
Bot orqali siz:
korrupsion va ta’sirlik holatlari haqida xabar berishingiz;
foto, video va boshqa dalillarni ilova qilishingiz;
tizimdagi qonunga zid xatti-harakatlar yuzasidan murojaat yo‘llashingiz mumkin.
Har bir murojaat qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi qat’iy kafolatlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik mas’uliyatidir.
Telegram orqali murojaat qiling:
@kadastr_komplaens_bot
