Qashqadaryoda Kadastr agentligining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda
2026-11-06 12:03:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xafizov boshchiligida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabul tashkil etilmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning zaxiradagi yer maydoni, auksion savdolari, bino va inshootlarga qo‘yilgan taqiqlar, uy-joyga egalik huquqini rasmiylashtirish, xususiylashtirish hamda turli nizoli masalalarga oid murojaatlari tinglanmoqda.
Sayyor qabuldan asosiy maqsad — aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga qonuniy yechim topish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Kadastr — xalq xizmatida!




