Shahrisabz shahrida Kadastr sohasida sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-11-03 21:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli Qashqadaryo viloyati fuqarolari va tadbirkorlik subyektlari!
Kadastr sohasidagi murojaatlarni o‘rganish va fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida 6-noyabr kuni Shahrisabz shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul Kadastr agentligi rahbariyati hamda tizim mutasaddilari ishtirokida tashkil etiladi.
Manzil: Shahrisabz shahri, “Madaniyat saroyi” binosi
Boshlanish vaqti: 11:00
Murojaat uchun: +998 75 227 81 95
Kadastr sohasiga oid murojaat va masalalaringiz bilan sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
