Qaşqadaryo viloyati Kadastr binolaridagi şaroitlar va xizmatlar sifati örganildi.
2026-10-22 09:25:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Abdullayeviç Turdiyev Qaşqadaryo tumanlaridagi kadastr binolarining holati, xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar hamda iş jarayonlari bilan tanişdi.
Xususan, tuman kadastr bölimlari xodimlari iş şaroitlarini zamonaviy talablar asosida yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rahbar tomonidan qiş mavsumi oldidan binoning issiqlik ta’minotini yaxşilaş, şuningdek, uzoq hududlardan kelib işlaydigan xodimlar uçun yotoqxona taşkil etiş zarurligi ta’kidlandi. Bu kabi çora-tadbirlar xodimlarning iş samaradorligini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Örganiş davomida xodimlar bilan ham suhbat ötkazilib, xizmat vazifalarini vijdonan bajariş, korrupsiyaga yöl qöymaslik, fuqarolarni ortiqça ovoragarçilikdan asraş va murojaatlarni sifatli, qonun doirasida tezkor örganiş böyicha topshiriq berildi.
Şuningdek, yer nazorati tadbirlarini samarali taşkil etiş, kelib tuşayotgan arizalarni har tomonlama örganiş hamda ularni asossiz ravişda rad etiş holatlariga yöl qöymaslik böyiça tegişli vazifalar belgilandi.







