Turkiy davlatlar tashkilotining kartografiya yo'nalishi bo'yicha navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2026-10-13 21:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8-oktyabr sanasida Qozog’istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining kartografiya idoralari Ishchi guruhining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
TDT Kartografiya instituti rahbarlari 2-yig‘ilishida kelishilgan ishlarning amalga oshirish holati;
A’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlarning kartografiya sohasidagi faoliyati va yutuqlari;
Sohaga doir tashabbuslar muhokama qilindi.
Agentlik mas'ullari yig'ilishda “O‘zbekiston Yer ma’muriyatchiligining raqamli transformatsiyasi” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. Xususan, kartografiya va fazoviy ma’lumotlarni raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish yo‘nalishi bilan tanishtirildi.




