RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — YOSHLAR KELAJAGIGA E’TIBOR!
2026-10-12 14:00:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda Kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.





