ANDIJONDA SAYYOR QABUL DAVOM ETMOQDA
2026-10-02 17:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-sentabr kuni Andijon viloyatida fuqarolar va tadbirkorlar uchun boshlangan sayyor qabul bugun ya'ni 2-oktabr ham davom etmoqda.
Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev boshchiligida tashkil etilgan qabul davomida aholi hamda tadbirkorlarning yer va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Har bir murojaat mas’ul mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilib, vakolat doirasidagi masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Qo‘shimcha o‘rganish va huquqiy yechim talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda kadastr sohasidagi masalalarga amaliy yechim topishdan iborat.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda!




