ANDIJONDA SAYYOR QABUL BO'LIB O'TMOQDA.
2026-09-30 16:25:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Andijon viloyati fuqarolari va tadbirkorlari uchun Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabulda ishtirok etish uchun hozircha 370 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Hozirga qadar 100 dan ortiq murojaatlar tinglanib, ularning har biri qonuniy yechim topishi uchun tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Murojaatlarning mazmuni o‘rganilib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, masalalarni vakolat doirasida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, bugungi kunga qadar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham sayyor qabullar tashkil etildi.





