MDH davlatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo kengashi XLVIII(48) sessiyasi bo'lib o'tdi.
2026-09-22 12:20:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligi direktori o'rinbosari T.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr va kartografiya federal xizmati(Rosreestr) mezbonligida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo kengashining XLVIII(48) sessiyasida ishtirok etdi.
Jumladan 16-17-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida bo'lib o'tgan MDH davlatlararo kengashning XLVIII(48) sessiyasida ishtirok bilan birga, MDH davlatlari geodeziya va kartografiya idoralari rahbariyati hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIGAIIK) talabalari ishtirokidagi Yoshlar forumida geodeziya, kartografiya, kadastr sohasi istiqbollari va chorlovlar mavzusida muloqotda qatnashildi.
Xalqaro anjuman kun tartibidan:
Davlatlararo kengash kotibiyati va ishchi guruhlarining hisobot va taqdimotlari bilan tanishish;
geodeziya va kartografiya faoliyatidagi so'nggi tendensiyalar bilan tanishish;
sohada geofazoviy texnologiyalardan foydalanishda tajriba almashish;
mazkur yo'nalishda O'zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirish kabi masalalar o'rin oldi.




