FUQAROLAR MUAMMOSI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-11 16:40:00 / Yangiliklar

FUQAROLAR MUAMMOSI — E’TIBOR MARKAZIDA
Kadastr agentligi direktori o'rinbosari U.Xalilov boshchiligida Qashqadaryo viloyatida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaat va muammolari tinglandi.
Shundan 23 nafar fuqaroning murojaati belgilangan tartibda yozib olindi hamda ularni ko‘rib chiqish va qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Qolgan fuqarolarga esa murojaatlariga oid masalalar yuzasidan joyida batafsil huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, murojaatlarni ortiqcha ovoragarchiliksiz ko‘rib chiqish va qonuniy yechim topishdan iborat.





