153 477 TA XONADONNING KO‘P YILLIK ORZUSI AMALGA OSHDI!
2026-09-09 16:59:00 / Yangiliklar

153 477 TA XONADONNING KO‘P YILLIK ORZUSI AMALGA OSHDI!
Ba'zan inson uchun uy shunchaki to‘rt devor emas... U — yillar davomida bunyod etilgan hayot, oila xotiralari, farzandlar kelajagi va eng muhimi — xotirjamlikdir.
Ammo uzoq yillar davomida ayrim fuqarolarimiz o‘zlari yashab kelayotgan uy-joylari, foydalanib kelayotgan yer maydonlari hamda bunyod etgan bino-inshootlariga nisbatan huquqlarini rasmiylashtira olmay, ko‘p savollar va muammolar bilan yashab kelishdi.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni ana shunday ko‘p yillik muammolarga yechim bo‘ldi.
Bugun ushbu Qonun asosida 153 477 ta xonadonning yer maydonlari hamda bino-inshootlariga nisbatan huquqlari Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ijara hamda mulk huquqlari e’tirof etildi.




