Kadastr sohasiga oid murojaatingiz bormi? yoki korrupsion holat haqida xabar bermoqchimisiz?
2026-09-02 09:15:00 / Yangiliklar

Sohaga oid savol, taklif va murojaatlaringizni 1097 ishonch raqami orqali yo‘llashingiz mumkin.
Fuqarolarning og‘zaki murojaatlari qonunchilikka muvofiq yozma murojaatlar bilan teng huquqiy kuchga ega hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
1097 Call-markazi orqali qo‘ng‘iroqlar dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Kadastr organlari xodimlarining korrupsion holatlari, ta'magirlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlari haqida esa Kadastr agentligining maxsus Telegram-boti orqali xabar berishingiz mumkin.
Telegram-bot manzili: @kadastr_komplaens_bot
Murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
