Kadastr agentligi Koreya Respublikasining Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi bilan hamkorligi doirasida manzillar tizimi bo‘yicha salohiyatni oshirish treninglarini o‘tkazmoqda.
2026-08-25 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-avgust sanasidan boshlab, Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi hamda Koreya qonunchilik tadqiqotlari instituti tomonidan Kadastr agentligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda manzillar tizimini modernizatsiya qilish” mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.
Seminarda manzil ma’lumotlari bilan ishlovchi vazirlik va idoralar, xususan;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy markazi,
Toshkent shahar hokimligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti,
“O‘zbekiston pochtasi” AJ,
“Uzinfokom”,
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakillari ishtirok etishmoqda.
O‘quv haftasi davomida koreyalik ekspertlar tomonidan quyidagi mavzularda treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:
-Koreyaning manzil tizimi bo‘yicha tajribasi;-Manzil ma’lumotlari bo‘yicha Koreya qonunchiligi va institutsional tizimi;-Manzil modelini standartlashtirish va ma’lumotlar integratsiyasi;-Manzil standartlari – xalqaro standartlar;-Manzil ma’lumotlaridan foydalanish va ularning davlat xizmatlaridagi o‘rni.
Ma’lumot uchun: 2025-yilning sentyabr oyida, Koreyada bo‘lib o‘tgan “Xalqaro manzillar tizimi konferensiyasi – 2025” doirasida loyihalar portfoliosini kengaytirish maqsadida Koreyaning Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi (MOIS) bilan manzillar tizimi yo‘nalishida idoralararo faol hamkorlik kelishuvi imzolagan .








