TOSHKENT SHAHRIDA | XATLOV JARAYONLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
2026-07-30 10:25:00 / Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDA | XATLOV JARAYONLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
Kadastr agentligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan reja-jadval asosida Toshkent shahrida kadastr mutaxassislari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bugungi kun holatiga:
Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 69 786 ta
UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 45 174 ta
shundan:
Turar joy obyektlari – 41 987 ta
Noturar joy obyektlari – 3 187 ta
“E’tirof” AATga o‘tganlar – 8 545 ta
Muhokamada – 3 017 ta
Huquqlari e'tirof etilgan – 46 ta
Yozning jazirama kunlariga qaramasdan, kadastr muhandislari xonadonma-xonadon yurib, ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazmoqda hamda zarur ma’lumotlarni yig‘moqda.
Shu bilan birga, fuqarolar va tadbirkorlarga kadastr sohasidagi amaldagi qonunchilik, huquqiy tartiblar hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1153-sonli Qonuni bilan 937-sonli Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmuni, fuqarolar uchun yaratilgan yangi huquqiy imkoniyatlar va ularni amalda qo‘llash tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.




