UYIMNING BIR QISMI "QURILISH TAQIQLANGAN HUDUD"GA TUSHIB QOLGAN. ENDI NIMA BO'LADI?
2026-07-13 14:10:00 / Yangiliklar

UYIMNING BIR QISMI "QURILISH TAQIQLANGAN HUDUD"GA TUSHIB QOLGAN. ENDI NIMA BO'LADI?
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollardan biri aynan shu.
Oldin bunday holatda ko‘pchilik:
"Demak, umuman huquqim e'tirof etilmaydi", deb o'ylardi.
Endi esa qonunchilikda yangi imkoniyat yaratildi.
Vaziyatni misolda tushuntiramiz.
Tasavvur qiling, siz egallab turgan yer maydoni 500 kv.m.
Shundan:
80 kv.m qismi qurilish taqiqlangan hududga to'g'ri keladi.
420 kv.m esa bunday hududga kirmaydi.
Endilikda vakolatli tashkilotlarning xulosasiga ko'ra, taqiqlangan 80 kv.m chegirib tashlanib, qolgan 420 kv.m maydonga nisbatan huquqlarni e'tirof etish masalasi qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Asos: O‘RQ-1153-son qonuni. 15.06.2026-yil
