Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) missiyasi hamda Kadastr agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-06-30 16:30:00 / Yangiliklar

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) missiyasi hamda Kadastr agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 30 iyun sanasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) missiyasi, Kadastr agentligi va Respulika Madaniy meros agentligi o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida xorijiy ekspertlar bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda KOICA hamkorligida amalga oshirilayotgan “Madaniy merosni integratsiyalashgan raqamli boshqarish va undan foydalanish salohiyatini oshirish” loyihasi ko‘lami;
Loyiha doirasida madaniy meros obyektlariga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish va geoinformatsion tizimlarni joriy etishda zaruriy ma’lumotlar va ularning formati;
yaratilishi ko‘zda tutilgan 3 o‘lchamli tarixiy madaniy meros ob’ektlari va ularni skanerlash tartibi;
Ishlab chiqishi rejalashtirilayotgan axborot tizimining infratuzilmasi, zaruriy fazoviy ma’lumotlar va geodezik punktlarni belgilashga bo‘lgan ehtiyoj kabi masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Shuningdek, Agentlik mutaxassislari tomonidan loyihada tomonlarning vazifalari va imkoniyatlariga aniqlik kiritish maqsadida, mavjud tizimlar va ularning roli, ma’lumotlar almashinuvi tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar idoralararo kelishuvga ko‘ra “Madaniy merosni integratsiyalashgan raqamli boshqarish va undan foydalanish salohiyatini oshirish” loyihasida hamkorlik qiluvchi vakillarni belgiladilar hamda Madaniy meros agentligi vositasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.




