AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-06-26 16:35:00 / Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xafizov rahbarligida Navoiy viloyatining Navbahor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning sohaga oid murojaatlari bevosita ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul jarayonida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini shakllantirish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda uchrayotgan ayrim amaliy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.
Qabul jarayonida jami 30 ga yaqin murojaat kelib tushib, ularning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tartibda ko‘rib chiqishni talab etadigan 19 ta murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi va tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sohaga oid masalalarning tezkor va samarali yechimlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.







