Farg‘onada kadastr sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-06-22 18:05:00 / Yangiliklar

Farg‘onada kadastr sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Farg‘ona viloyatida Kadastr agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur tadbir davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, axborot siyosatini yanada takomillashtirish hamda aholiga yetkazilayotgan ma’lumotlarning tezkorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktorining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Atamuratov, shuningdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda jurnalistlar va blogerlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi. Axborot almashinuvi samaradorligini oshirish, tezkor va ishonchli ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazishda zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida OAV bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.









