Kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlar uchun muhim o‘zgarish
2026-06-22 16:00:00 / Yangiliklar

Kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlar uchun muhim o‘zgarish
O‘RQ-937-sonli Qonunning 9-moddasiga O‘RQ-1153-sonli Qonun bilan o‘zgartirish kiritildi.
Avvalgi tartibga ko‘ra, kichik sanoat zonasi hududida yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan yashash uchun mo‘ljallanmagan bino yoki inshootni qurib bo‘lgan bo‘lishi kerak edi.
Yangi tartibga asosan esa, tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan:
binoni ikki yil ichida qurib bitirgan bo‘lsa, yoki
bino qurilishini ikki yil ichida boshlab yuborgan bo‘lsa,
yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun asos mavjud deb hisoblanadi.
Mazkur o‘zgartirish tadbirkorlarga qurilish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini rasmiylashtirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
