Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
2026-06-22 12:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda kadastr sohasini yanada takomillashtirish, yer va ko‘chmas mulkka oid munosabatlarni shaffof va adolatli tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, amaliyotda kadastr sohasidagi ayrim masalalar fuqarolarimiz tomonidan noroziliklarga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda.
Ushbu mavjud muammolarni chuqur o‘rganish, ularning aniq sabablarini aniqlash hamda amaliyotga samarali yechimlar joriy etish maqsadida, Sizlardan o‘zingizni qiynayotgan masalalar va ularni yechimi yuzasidan taklif va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz.
Taklif va mulohazalaringizni info@kadastr.uz elektron pochta yoki @kadastga_taklif_bot telegram bot orqali yuborishingiz mumkin.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
