KADASTR AGENTLIGI MATBUOT ANJUMANI
2026-06-01 09:05:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar reyestri” axborot tizimining taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Mazkur tadbir davomida yangi tizimning funksional imkoniyatlari, ishlash mexanizmlari, aholiga va qurilish sohasiga yaratilayotgan qulayliklar hamda tizimning amaliy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.
Matbuot anjumani: joriy yilning 2-iyun kuni, soat 11:00 da Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosida o‘tkaziladi.
Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarni mazkur matbuot tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Matbuot anjumanida ishtirok etish istagida bo'lgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar (71) 202-55-60 (2) raqamiga qo'ng'iroq qilib ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
