Hududlarda rahbar va yoshlar uchrashuvlari davom etadi
2026-05-07 18:10:00 / Yangiliklar

Hududlarda rahbar va yoshlar uchrashuvlari davom etadi
Davlat rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tizimida “Yoshlar kuni” va “Karyera kuni” doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar:
Andijon viloyati
Sirdaryo viloyati
Farg'ona viloyati
Toskent shahar
Ushbu uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


