Yer va kadastr nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan muhim ko‘rsatkichlar
2026-04-02 15:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra Davlat yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo'yicha:
Respublika bo‘ylab - 10 359 ta holatda (614,7 gektar) yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
Ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifalari kesimida taqsimlanganida;
- Qishloq xo‘jaligi yerlari – 355,4 gektar
- Aholi punktlari – 166,7 gektar
- Sanoat va boshqa yo‘nalishlar – 21,9 gektar
- Tarixiy-madaniy yerlar – 1,1 gektar
- O‘rmon fondi – 3,1 gektar
- Suv fondi – 12,5 gektar
- Zaxira yerlar – 54,1 gektar
Maqsadsiz foydalanilgan yerlar - 4 607 ta holatda (3 228,2 gektar) aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan:
Hokimliklarga – 4 606 ta taqdimnomalar.
Sudlarga esa – 1 ta da’vo arizasi kiritildi.
