Rahbar va yoshlar uchrashuvi – hamkorlik sari yana bir muhim qadam
2026-04-02 14:05:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi rais o‘rinbosari O’.Imomkulovlar rahbarligida Navoiy viloyati Yoshlar markazi binosida yoshlar bilan bevosita muloqot olib borildi.
Muloqot davomida;
Yoshlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, har bir savolga aniq va asosli javoblar berildi hamda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning fikr-mulohazalariga alohida e’tiborlar qaratildi.
Bundan tashqari, oliy ta’limni davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish masalalari alohida ta’kidlandi.
E’tiborlisi, bunday mazmunli va motivatsion uchrashuvlar har haftaning payshanba kunlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Ochiq muloqot, innovatsion fikr va yoshlar tashabbusi - kadastr tizimi rivojining muhim drayveriga aylanmoqda!



