Kadastr agentligida Xorijiy investorlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2026-02-20 16:00:00 / Yangiliklar

Kadastr agentligida Xorijiy investorlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 20-fevral sanasida Kadastr agentligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining Yer ajratish tartibini takomillashtirish bo'yicha ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida investorlarni qiynab kelayotgan masalalar tinglanib, ularni hal qilish bo'yicha Agentlik tomonidan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan amaliy takliflar va yechimlar muhokama qilindi.




