MULK HUQUQI TAN OLINDI, ENDI UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZING!
2026-02-20 11:35:00 / Yangiliklar

MULK HUQUQI TAN OLINDI, ENDI UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZING!
Mamlakatimizda O'RQ-937-sonli qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Respublikamizning barcha hududlarida, bugungi kun holatiga 44 058 ta obyekt bo'yicha fuqaroning ko‘p yillik muammosi hal etilib, ularning mulk huquqi rasman tan olindi.
Ko'pchilikning mehnati va hukumat tomonidan berilgan imkoniyatga qaramay, huquqlari e'tirof etilgan fuqarolardan atigi 8 432 nafari (taxminan 19 foizi) o‘z mulkini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan, xolos. Qolgan fuqarolarimiz esa bu muhim jarayonni hali ham yakuniga yetkazishmagan.
Mulk huquqingiz e’tirof etilgani – bu ishning faqat birinchi bosqichi. Qonuniy egalikni yakunlash uchun mulkingizni albatta Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!
Zero ushbu natijalar ortida minglab kadastr mutaxassislarining zahmatli mehnati yotibdi. Ular har bir mahallada, turli ob-havo sharoitlariga qaramasdan — issiqda-yu sovuqda — GPS asboblari yordamida har bir qarich yerni aniqlab, fuqarolarning mulkiy huquqlarini tiklash uchun harakat qilishmoqda.
