AHOLI VA QISHLOQ XO'JALIGINI RO'YXATGA OLISH BOSHLANDI
2026-01-15 11:50:00 / Yangiliklar

2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari O‘zbekistonda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmoqda!
Bugundan onlayn bosqich start oldi!
15–31-yanvar kunlari har bir fuqaro census.stat.uz portali orqali OneID yordamida uyidan chiqmasdan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Xavotirga o‘rin yo‘q!
Siz bergan barcha ma’lumotlar:
- maxfiy saqlanadi
- boshqa idoralarga berilmaydi
Savollar soni:
- Jami — 71 ta
- Aholiga oid — 54 ta
- Qishloq xo‘jaligiga oid — 17 ta
Davlat xodimlari uchun muhim!
Prezident Farmoniga ko‘ra, barcha davlat organlari xodimlari 15–31-yanvar oralig‘ida majburiy tarzda onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Siz ham jarayonning faol ishtirokchisi bo‘ling!
Birgalikda aniq statistika — kuchli kelajak quramiz!
