Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
2025-12-25 09:15:00 / Yangiliklar

Bu yilgi Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
- 31-dekabr — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 3-yanvar (shanba) — 5 ish kunida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, 6 ish kunida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4-yanvar (yakshanba) — barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni.
5-yanvar (dushanba) — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
